Japarov Mamasadiqovni Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimidan ozod qildi va MXDQga qaytardi

Rustam Mamasadiqov. kaktus.media sayti fotosurati

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Rustam Mamasadiqovni Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi buyruqni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Boshqa bir buyruq bilan Mamasadiqov Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U ilgari bu lavozimda 2025 yil 1 dekabrgacha, ya'ni Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinlangunga qadar ishlagan.

Mamasadiqov birinchi marta 2008 yili MXDQ raisining o‘rinbosari etib tayinlangan. 2010 yilgi Aprel inqilobidan so‘ng u mazkur lavozimdan olib tashlangan. 2011 yili Mamasadiqov xavfsizlik xizmatiga qaytib, MXDQning Terrorizmga qarshi kurash markazini boshqargan. 2018 yil aprel oyida u yana MXDQ boshlig‘i o‘rinbosari lavozimini tark etgan, ammo 2019 yil fevral oyida mazkur lavozimni yana egallagan.

Qo‘mita rahbari Kamchibek Tashiyev va uning uchta o‘rinbosari iste'foga chiqqanidan so‘ng, Mamasadiqov Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasida qayta ishga qaytarildi. Daniel Risaliyev (Kiberxavfsizlikni muvofiqlashtirish markazi direktori), Qurvanbek Avazov (birinchi o‘rinbosar) va Elizar Smanov (Terrorizmga qarshi kurash markazi direktori) o‘z lavozimlaridan ozod qilindi.