O'zbekiston Milliy kontentni rivojlantirish markazi Markaziy Osiyo respublikasi haqidagi videolar, fotosuratlar va infografikalarni o'z ichiga olgan media banki — Aura.uz saytini ishga tushirdi. Barcha fayllar ochiq va ularga bepul kirish mumkin.
Veb-saytda ta'kidlanishicha, ushbu platforma O'zbekiston haqidagi media kontentining yagona raqamli arxivini yaratish, internet foydalanuvchilari uchun ochiq va qulay kirishni ta'minlash, xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan axborot almashinuvini kuchaytirish va mamlakat haqidagi ishonchli materiallarning yagona, ishonchli manbasini yaratishga qaratilgan.
Hozirda tizim sinov rejimida va loyiha mualliflari kontent doimiy ravishda to'ldirib borilayotganini ta'kidlaydilar.
Veb-sayt besh tilda mavjud:
✅ o'zbekcha;
✅ ruscha;
✅ inglizcha;
✅ arabcha;
✅ xitoycha
Barcha kontent 11 ta toifaga bo'lingan. Bularga quyidagilar kiradi: tashqi aloqalar; ta'lim va fan; sog'liqni saqlash; iqtisodiyot va sanoat; qishloq xo'jaligi va atrof-muhit; madaniyat, turizm va meros; raqamli rivojlanish va texnologiyalar; infratuzilma va qurilish; mintaqaviy rivojlanish; ijtimoiy soha va fuqarolik jamiyati; sport va yoshlar siyosati.
Alohida ruknlarda prezident Shavkat Mirziyoyev haqida ma'lumotlar, shuningdek, «Yangi O'zbekiston» mavzusida materiallar mavjud
Statistik ma'lumotlarga ko'ra, saytga 14 000 dan ortiq fayl yuklangan, jumladan, taxminan 9700 ta video va 4300 dan ortiq fotosurat. Mazkur habar yozilgan paytda veb-resurs hichoblagichi Aura.uz saytidan 2280 ta yuklab olish amalga oshirilganini ko'rsatdi.



