Qozog‘istonlik faol Konstitutsiyaga oid referendumni boykot qilishga chaqirgani uchun hibsga olindi

Orazali Yerjanov. Ijtimoiy tarmoqdagi fotosurat

Transparency International Kazakhstan* tashkiloti vasiylar kengashi a'zosi Orazali Yerjanov Olmaotada ijtimoiy tarmoqlardagi postlari, jumladan, yangi Konstitutsiya bo‘yicha referendumni boykot qilishga oid chaqiriqlari uchun hibsga olindi. Bu haqda shahar politsiya boshqarmasi Vlastь.kz nashriga ma'lum qildi.

Politsiya e'tiboriga tushgan postlarda «xorijiy yurisdiktsiyada ro‘yxatdan o‘tgan raqamlardan foydalangan holda yolg‘on ma'lumotlar, referendumni boykot qilishga chaqiriqlar va fuqarolarni chalg‘ituvchi boshqa ma'lumotlar» aniqlangan, deyiladi xabarda.

«Saylov huquqlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilganlik fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi», — deb qo‘shimcha qiladi politsiya.

Ayni paytda, jurnalist Vadim Boreyko o‘zining Telegram-kanalida yozishicha, Olmaota tergov sudi Yerjanovni 10 kunga hibsga olgan. Yerjanovning rafiqasi Aida bu haqda jurnalistga xabar bergan. Faol 5 martgacha «gumonlar taqdim etilgunga qadar» hibsda qoladi. «Hozirda Yerjanovga hech qanday ayblov qo‘yilmagan va u Jinoyat kodeksining biron bir moddasi bo‘yicha ham ayblanmagan», — deydi Boreyko.

Uning ta'kidlashicha, Yerjanovning hibsga olinishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan yangi Konstitutsiya va yaqinlashib kelayotgan referendum haqidagi Facebook (RFda ekstremistik deb tan olingan va taqiqlangan Meta korporatsiyasiga tegishli tarmoq) dagi postlari hozirda uning akkauntidan yo‘qolgan.

Orazali Yerjanov noqonuniy ravishda chetga olib chiqilgan aktivlarni qaytarish uchun mo‘ljallangan Elge Qaitaru jamoat fondi direktori. 1990 yillarning oxirlarida u Qozog‘iston Milliy banki raisining o‘rinbosari va Moliya vazirining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Qozog‘iston Konstitutsiyasi prezident Qosim-Jomart To‘qayev tomonidan taklif qilingan islohot doirasida o‘zgartirilmoqda. 11 fevral kuni unga respublikaning yangilangan asosiy qonunining yakuniy loyihasi ko‘rsatildi. Unda moddalarning aksariyati o‘zgartirilgan. 15 mart kuni mamlakatda Qozog‘iston fuqarolari yangi Konstitutsiyani qabul qilishi masalasi bilan bog‘liq referendum o‘tkaziladi.

Orazali Yerjanov yaqinda yangi Konstitutsiya va yaqinlashib kelayotgan referendum haqidagi postlari uchun aziyat chekkan yagona odam emas. Fevralь oyi boshida Ostonadagi sud faol Yermek Narimbayni ijtimoiy tarmoqlarda konstitutsiyaviy islohotlar haqidagi fikrlarini joylashtirgani uchun ikki oylik qamoq jazosiga hukm qildi. Uning advokati sud ilgari Narimbayga «jamoat, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bilkn shug‘ullanishni» taqiqlaganini, biroq u taqiqni buzganini va natijada hibsga olinganini tushuntirdi.

* Rossiya Federasiyasida nomaqbul deb tan olingan Transparency International xalqaro tashkilotining milliy boʻlimi