Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti talabalari Islom sivilizatsiyasi markazida amaliyot o‘taydilar. Bu haqda Markaz matbuot xizmati xabar berdi.
Kengaytirilgan ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjatni Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti rektori Uyg‘un G‘ofurov va Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov imzoladilar.
«O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi keng ko‘lamli loyiha bo‘lib, uning ishida ishtirok etish har bir o‘zbekistonlik, jumladan, islomshunoslik mutaxassislari uchun muhim voqeadir. Imzolangan memorandum rasmiyatchilik emas, balki amaliy harakatlar rejasiga ega hujjatdir. Institutning magistratura talabalari yaqinda Markazda amaliyot o‘tay boshlaydilar», — dedi G‘ofurov.
Bundan tashqari, rektor universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan yozilgan 130 dan ortiq ilmiy nashrlar Markaz kutubxonasiga sovg‘a qilinishini ta'kidladi.



