Berlinda «Asrlar aro yetib kelgan meros: o‘zbek miniatyuralari» ko‘rgazmasi ochildi

Ko‘rgazma. Dunyo sayti fotosurati

Bеrlinda Alishеr Navoiy tavalludining 585 yilligiga bagʻishlangan «Asrlar aro yetib kelgan meros: o‘zbek miniatyuralari» ko‘rgazmasi ochildi. Bu haqda O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Ko‘rgazmadagi miniatyuralar Temuriylar an'analaridan foydalangan holda yaratilgan. Asarlar Alisher Navoiy va Zahiriddin Boburning adabiy merosi asosida yaratilgan. Ko‘rgazmaning markaziy qismi Navoiyning «Xamsa» asariga bag‘ishlangan. Ekspozitsiyada shuningdek, kundalik hayot sahnalari, jumladan, an'anaviy choyxonalar, bozorlar va xalq o‘yinlari aks etgan.

Ko‘rgazmada Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy san'at va dizayn instituti va Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi o‘qituvchilari — Avazbek Qodirov, Zilola Sulaymonova, Shohruh Bo‘tayev va Sabrina Jonibekova hamda ularning shogirdlari Olim Omonov va Ibrat Fayzullayev asarlari namoyish etilmoqda.

Tadbir O‘zbekiston elchixonasi va San’at – Forum madaniy jamiyati ko‘magida tashkil etilgan.