Qozog‘iston Navalniy shtabining sobiq xodimini Rossiyaga ekstraditsiya qilishga qaror qildi

Yuliya Yemelyanova. Ijtimoiy tarmoqdagi fotosurat

Qozog‘iston muxolifat faoli Yuliya Yemelyanovani Rossiyaga ekstraditsiya qilmoqchi. Bu haqda advokat Murat Adam (faolni himoya qiladi, ammo ORDA.kz bosh muharriri Gulnora Bajkenova ishi bo‘yicha bayonotlari tufayli adkokatlik litsenziyasidan mahrum qilingan) ma'lum qildi.

«Bugun biz Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasining yana bir rossiyalik faol Yuliya Yemelyanovani ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi qaroridan xabardor bo‘ldik. Biz shoshilinch ravishda Oliy sudga shikoyat tayyorlayapmiz», — deb yozagan Murat Adam o‘zining Facebook (RFda ekstremistik deb tan olingan va taqiqlangan Meta korporatsiyasiga tegishli tarmoq) dagi sahifasida.

Yemelyanova — Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniyning* Sankt-Peterburg shtabining sobiq xodimi. Rossiyada unga qarshi 2021 yili o‘g‘irlik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, faol go‘yoki Sankt-Peterburgda taksi haydovchisi telefonini o‘g‘irlagan. Yemelyanova o‘z aybini rad etgan va ish soxtalashtirilgan deb da'vo qilgan. Ish sudga yetib borgach, faol mamlakatni tark etgan.

O‘tgan yil 31 avgustida u Olmaota aeroportida hibsga olingan. Yemelyanova Qozog‘iston orqali tranzitda Gruziyadan Vetnamga uchib ketayotgan bo‘lgan. Muxolifat faoli Rossiya tomonidan davlatlararo qidiruv ro‘yxatiga kiritilgani uchun hibsga olingan. Hozirda u Olmaotadagi tergov hibsxonasida saqlanmoqda.

Yemelyanova Qozog‘istondan boshpana so‘ragan, ammo ushbu so‘rov ko‘rib chiqilishi hali oxiriga yetmagan.

Ikki hafta oldin Qozog‘iston Bosh prokuraturasi qochqinlik maqomidan mahrum bo‘lgan chechen faoli Mansur Movlayevni Rossiyaga ekstraditsiya qilishni ma'qulladi. Fevral oyining boshida 25 yoshli IT dasturchisi Aleksandr Kachkurkin Qozog‘istondan Rossiyaga deportatsiya qilingani haqida xabar berilgan edi. Yetib kelganida u samolyotda hibsga olingan va davlatga xiyonat qilish ayblovlari bilan hibsga olingan. 5 fevral kuni Ostona sudi rossiyalik harbiy xizmatchi Yevgeniy Korobovga qochqin maqomini berishdan bosh tortdi. Ushbu qaror kuchga kirgandan so‘ng, Korobov Qozog‘istonni 30 kun ichida tark etishi shart. Agar Rossiyaga deportatsiya qilinsa, u dezertirlik uchun 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

* Rosfinmonitoring tomonidan ekstremizm va terrorchilik faoliyatiga aloqador shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan