Qozog'iston Turizm va sport vazirligi figurali uchish bo'yicha mamlakatning birinchi Olimpiya chempioni Mixail Shaydorov bilan janjallashgan mas'ullarni jazoladi. Bu haqda 9 iyunь kuni bo'lib o'tgan brifingda vazirlik rahbari Yerbol Mirzabosinov ma'lum qildi, deb xabar beradi Kursiv.kz.
U vaziyatga «kommunikatsiya buzilgani» sabab bo'lganini aytgan. «Ikkala tomonda ham menejerlar, ijrochilar, aytganda, [...] vaziyatni noto'g'ri tushunishgan», — deb tushuntirdi vazir va ular (ikkala tomon ijrochilari va menejerlari) buning uchun ma'muriy jazoga tortilganini qo'shimcha qildi.
Mulozimning so'zlariga ko'ra, Shaydorovning shartnomasi bilan bog'liq muammo endi to'liq hal qilingan.
«Shartnoma shartlari tushuntirildi va u imzolandi. Shuni ta'kidlash lozim, shartnoma standart hisoblanadi. Va uni nafaqat olimpiyachilar, balki barcha sportchilar imzolaydilar. Shuni ham ta'kidlashni istardimki, u xalqaro amaliyot, Dopingga qarshi kurash agentligi va Oliy audit palatasining tavsiyalariga muvofiq tuzilgan», — deb ta'kidladi vazir.
Turizm va sport vaziri Shaydorov 2030 yilgi Olimpiya o'yinlarida medalni qo'lga kirita olmasa, pulni qaytarib berishga majbur emasligiga aniqlik kiritdi.
Bundan tashqari, sportchi AQShdagi o'quv-mashg'ulot yig'inidan qaytgach, unga Respublikaning xizmat ko'rsatgan sport ustasi sertifikati beriladi.
Shaydorov Olmaota shahridan bo'lgan yakkalik konkida uchuvchisi va Qozog'istonning figurali uchish bo'yicha birinchi Olimpiya chempioni hisoblanadi. U 2026 yili Milan va Kortine-d'Ampetstsoda bo'lib o'tgan o'yinlarda oltin medalni qo'lga kiritgan.
Avvalroq sportchi yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotganiga qaramay, shu yilning fevraьl oyidan beri maoshini ololmayotganini aytgandi. Bunga javoban sport rasmiylari yanvarь va fevralь oylari uchun to'lovlar amaldagi shartnoma bo'yicha amalga oshirilganini va yangi shartnoma hali kelishilmaganini aytishgandi. Sportchi, o'z navbatida, huquqiy kelishmovchiliklar tufayli hujjatga rozi bo'lmaganini tushuntirgandi.
«2026 yil oxirigacha amal qiladigan shartnomada 2030 yilgi Olimpiada o'yinlarida medalni qo'lga kiritish majburiyati yozilgan. Men va jamoam shunchaki ushbu bandni huquqiy nuqtai nazardan qayta ko'rib chiqishni so'radik, chunki bu mantiqsiz va imkonsiz masala. Men 2026 yili to'rt yildan so'ng bo'ladigan Olimpiadada g'alaba qozona olmayman», — deb yozgandi Shaydorov ijtimoiy tarmoqlarda.
Sportchi shuningdek, 2025 yili talab qilingan standartga erishib, Jahon chempionatida ikkinchi o'rinni egallaganiga qaramay, unga hali ham faxriy sport ustasi sertifikati berilmaganini ma'lum qildi.
1 iyun kuni Turizm va sport vazirining o'rinbosari Serik Jarasbayev tomonlar kelishuvga erishganini va sportchi vazirlik bilan shartnoma imzolaganini ma'lum qildi. U Shaydorov oldidagi barcha majburiyatlar to'liq bajarilishini aytdi.



