2025 yili O‘zbekistondagi tergov organlari salkam 16 000 kishini asossiz ayblagan

kun.uz sayti fotosurati

2025 yili O‘zbekiston sudlari 15 992 kishiga nisbatan asossiz ayblovlarni qayta ko‘rib chiqdi. Tergovchilar tomonidan qo‘yilgan ayblovlar bekor qilingan yoki yengilroq ayblovlarga o‘zgartirilgan, deb xabar beradi Respublika Oliy sudi matbuot xizmati.

Hisobot davrida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 79 554 nafar shaxsga nisbatan 63 177 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. Sudlanganlar soni 63 340 nafarni tashkil etgan, ulardan 18 816 nafari ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan.

Bundan tashqari, sudlar 422 kishini oqlagan va reabilitatsiya qilgan. Yana 8085 kishi ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tufayli hukm chiqarilgandan so‘ng darhol sud zalidan ozod qilingan. 993 kishi shartli ravishda ozod qilingan. Yarashuv institutining samarali qo‘llanilishi natijasida 13 224 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan.

Sudlangan shaxslarning 55 829 nafari erkak, 7 511 nafari ayol, 23 973 nafari yoshlar (shu jumladan 2 431 nafari voyaga yetmagan) va 2 830 nafari 60 yoshdan oshgan shaxslar bo‘lgan.

Ko‘rib chiqilgan ishlarning aksariyatini firibgarlik, yo‘l harakati qoidalarini buzish va o‘g‘irlik bilan bog‘liq bo‘lgan. Shuningdek, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish, taqiqlangan ekinlarni yetishtirish, qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlar ko‘rib chiqilgan.

Jinoyat ishlarining salmoqli qismi Toshkent shahri, Farg‘ona, Toshkent, Samarqand va Namangan viloyatlarida ko‘rilgan.

  • Yaponiya besh yil ichida Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi loyihalarga taxminan 20 milliard dollar sarmoya kiritadi

  • Markaziy Osiyo respublikalarining Yaponiya bilan yaqinlashuvida ko‘z ilg‘amas masalalar bor

  • Toshkentda O‘zbekiston gerbini yaratgan rassom Anvar Mamajonovning grafik asarlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

  • Toshkentda Chori Shamsning «Turkiy xalqlarning xayoliy mavjudotlari» ko‘rgazmasi ochildi