Talant Duyshebayev dunyoning eng nufuzli gandbol jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi

Talant Duyshebayev. «Keltse» matbuot xizmati fotosurati

Qirg‘izistonlik Talant Duyshebayev Frantsiya erkaklar gandbol jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda handballfast.com xabar berdi.

Dushebayev olti karra jahon chempioni va uch karra Olimpiya chempioni, bosh murabbiy frantsuz Giyorma Jilya o‘rnini egalladi. Bu 1958 yildan beri ilk bor xorijiy murabbiy Frantsiya terma jamoasini boshqarishi, o‘sha yili nemis Bernhard Kemp terma jamoani qabul qilib olgandi.

Dushebayev Frantsiya terma jamoasi murabbiyi lavozimini Polьshaning «Kelьtse» klubidagi faoliyati bilan birlashtiradi.

«Men klub va milliy terma jamoadagi ishimni birlashtirish imkoniyatini istisno qiladigan barcha takliflarni rad etdim. Bu taklif bunga imkon beradi va shuning uchun men uni qabul qilishga qaror qildim. «Kelьtse»ning bu mavsumdagi maqsadlari o‘zgarmagan va sizga ishontirib aytamanki, men ularga erishish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman. Men «Keltse»ni tark etish niyatida emasman. Biz shartnomamni uzaytirish bo‘yicha dastlabki muzokaralarni olib bordik», — deya «Keltse» matubot xizmati Duyshebayev so‘zlarini keltiradi.

Talant Duyshebayev 1968 yili Frunze (hozirgi Bishkek) shahrida tug‘ilgan. Yoshligida u avval Rossiyaga, keyin Ispaniyaga ko‘chib o‘tgan. U SSSR, MDH, Rossiya va Ispaniya terma jamoalarida o‘ynagan. U ikki marta dunyoning eng yaxshi gandbolchisi deb topilgan. U 1992 yilgi Olimpiya chempioni, 1993 yilgi Jahon chempioni, Yevropa chempionati va Olimpiya o‘yinlari sovrindori, shuningdek, ham futbolchi, ham bosh murabbiy sifatida Chempionlar ligasi g‘olibi hisoblanadi.