O‘zbekiston rasmiylari sellyuloza eksportiga qo‘yilgan taqiqni sanktsiyalar tahdidi bilan izohladi

O‘zbekiston Rossiyaga sellyuloza va boshqa paxta mahsulotlarni yetkazib beryotgan mahalliy kompaniyalar xalqaro sanktsiyalar xavfi ostida qolishidan xavotirda bo‘lgani sabab, bunday mahsulotlar eksportiga vaqtincha taqiq qo‘ydi. Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev Toshkent viloyati tadbirkorlari bilan uchrashuvda vaziyatni mana shunday izohladi, deb xabar beradi Spot.uz.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda eksport shartnomalari ko‘rib chiqilmoqda. Shundan so‘ng, hukumat ruxsatnomalar berish tartibini tasdiqlaydi va ishlab chiqaruvchilar yana o‘z mahsulotlarini eksport qila boshlaydilar. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga tegishli qonun loyihalarini tayyorlashni tezlashtirish va loyihalarni imkon darajada tezroq Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish topshirilgan.

Aslida, Bosh vazir o‘rinbosari Bumfa Group Asia xorij kompaniyasi rahbari Shakirjon Dodojonov savoliga javob berayotgan edi. Shakirjon Dodojonov O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi unga 7 yanvardan beri hech qanday sababsiz eksport operatsiyalarini amalga oshirishni taqiqlaganini ma'lum qildi. Natijada, biznesmenning ta'kidlashicha, uning 100 nafar xodimi majburiy ta'tilga chiqarilgan va kompaniyaning zarari 2 milliard so‘mdan (164 500 dollar) oshgan. Shuningdek, biznesmen o‘z fabrikasi maishiy va sanitariya maqsadlari uchun qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarishini ma'lum qildi.

O‘z navbatida, rasmiylar Dodojonovga sellyuloza va shunga o‘xshash paxta mahsulotlari xalqaro tashkilotlarning qattiq nazorati ostida ekanini eslatib o‘tishdi. Butun tizimning sanktsiyalarga duchor bo‘lishining oldini olish uchun O‘zbekiston eksport nazoratini kuchaytirishga majbur bo‘lgan. Agar tovarlarga cheklovlar qo‘yilsa, ularni sotishdan tushgan mablag‘ muzlatiladi va sotuvchilar va ishlab chiqaruvchilar juda qiyin moliyaviy ahvolda qolishadi.

Yig‘ilishda ishtirok etgan Respublika Markaziy banki vakillari eksport shartnomalari regulyator tomonidan ham ko‘rib chiqilayotganini qo‘shimcha qilishdi. O‘zbekiston kompaniyalari Rossiyaga sellyuloza jo‘natadi, u yerda esa korxonalar bunday mahsulotni harbiy-sanoat maqsadlarida ishlatilishi mumkin. O‘z navbatida eksport qilayotgan korxonalar Rossiyaga qarshi sanktsiyalar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin. Aynan shuning uchun ham Markaziy bank SDN-ro‘yxatidagi (AQSh hukumati tomonidan yuritiladigan kompaniyalar va shaxslarning sanksiyalar ro‘yxati) xaridorlar yoki G‘arb mamlakatlari tomonidan joriy etilgan cheklovlarni chetlab o‘tuvchi vositachilar bor-yo‘qligini aniqlash uchun shartnomalarni ko‘rib chiqmoqda. Biroq, hatto bunday hollarda ham O‘zbekiston kredit muassasalariga biznesga kredit berishni taqiqlash talablari o‘rniga ogohlantirishlar beriladi.

Gidroskopik paxta ishlab chiqaruvchi kompaniya vakili uning korxonasi ham eksport taqiqiga duchor bo‘lganidan shikoyat qildi, garchi korxona nafaqat Rossiyaga, balki Yevropa kabi boshqa mamlakatlarga ham xomashyo yetkazib berayotgan bo‘lsada.

Bosh vazir o‘rinbosari Xodjayev biznesmenga har qanday paxta mahsuloti sanktsiyalarga duchor bo‘lishi mumkinligini, shuning uchun mamlakat rasmiylari bunday bitimlarni sinchkovlik bilan tahlil qilishini, bu esa biroz vaqt talab etishini tushuntirdi.

«Lekin ko‘p qolmadi, bir marta ruxsat olganingizdan keyin bemalol eksport qilaverasiz», — dedi Xodjayev.