Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi Rossiyadan qaytarilgan artefakt hisobiga yanada boyidi

Idish. ITSM matbuot xizmati fotosurati

VII–VIII asrlarga oid qanotli tuya tasvirlangan kumush idish Sankt-Peterburgdan O‘zbekistonga qaytarildi va Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyida namoyish etilmoqda. Bu haqda Markaz saytida xabar berildi.

Artefakt Islomgacha bo‘lgan davr zali ko‘rgazmalari qatoridan o‘rin oldi. Idish ilk O‘rta asrlardagi metallga badiiy ishlov berish san'atining eng qimmatli namunalaridan biri hisoblanadi. V–VIII asrlarda Markaziy Osiyoda metall buyumlarni kuch, himoya va farovonlikni ramzini ifodalovchi hayvonlar va mifologik mavjudotlar tasvirlari bilan bezash keng tarqalgan bo‘lgan.

Markaziy obraz — qanotli tuya — haqiqiy va mifologik dunyo sintezini o‘zida aks etadi va karvon savdosi va Buyuk Ipak yo‘li bilan bog‘liqligini namoyon etadi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu asar So‘g‘d torevtikasi yuqori darajada rivojlanganidan darak beradi. Bezaklar puxta ishlangan, kompozitsiya muvozanatli va figura harakat tuyg‘usini ifodalaydi. Bunday kumush buyumlar ilk o‘rta asrlarda xalqaro savdoda faol ishtirok etgan, shuning uchun topilmalarning katta qismi ular yaratilgan mintaqa tashqarisida topilgan.

ℹ️ Islom sivilizatsiyasi markazi Xasti-Imom majmuasi yonida qurilmoqda. Inshoot qadimgi me'moriy obidalar shaklida bunyod etilmoqda. Majmuaning to‘rt tomonida balandligi 34 metrli peshtoqlar, o‘rtada 65 metrli gumbaz qurilgan. Markazning eng asosiy qismida Qur'oni karim zali bunyod etilmoqda. Bu yerda 460 o‘rinli anjumanlar zali ham qurib bitkazildi. ITSM O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi va dunyoning ixtisoslashtirilgan ilmiy-ta'lim markazlari bilan hamkorlikda ajdodlar merosini o‘rganish, idrok etish borasida ma'rifiy maskanga aylanishi ko‘zda tutilgan.