Qirg‘iziston Konstitutsiyaviy sudi navbatdagi prezidentlik saylovlari sanasini belgiladi

Qirg‘iziston Konstitutsiyaviy sudi binosi. sputnik.kg sayti fotosurati

Qirg‘izistonda navbatdagi prezidentlik saylovlari 2027 yil yanvarь oyining to‘rtinchi yakshanbasiga belgilandi. Konstitutsiyaviy sud amaldagi davlat rahbari Sadir Japarovning 17 fevralь kuni bergan arizasini ko‘rib chiqqandan so‘ng shunday xulosaga keldi, deb xabar beradi Konstitutsiyaviy sud matbuot xizmati.

Sud Japarovning vakolat muddatini tekshirib chiqdi. U 2010 yilgi Konstitutsiyaga muvofiq saylangan va 2021 yil 28 yanvarda olti yillik muddatga lavozimga kirishgan. 2021 yilgi yangi Konstitutsiya besh yillik muddat va ikki muddatli cheklovni belgilab berdi. 2010 yilgi Konstitutsiyaga muvofiq, prezident olti yillik muddatga saylanadi va bir shaxs ikki marta saylanishi mumkin emas edi.

Konstitutsiyaviy sud 2021 yilgi Konstitutsiyaning 67-moddasida belgilangan besh yillik muddat avvalgi Konstitutsiya asosida boshlangan prezidentlik vakolatlariga taalluqli emas degan xulosaga keldi.

Boshlangan muddat dastlab belgilangan olti yil ichida tugallanishi kerak. Olti yillik muddat ikki muddat qoidasiga ko‘ra birinchi muddat hisoblanadi.

Sud o‘z pozitsiyasini huquqiy uzluksizlik tamoyiliga asoslaydi. Unda prezidentning saylov vakolati xalqning o‘z saylovchi hokimiyatini bevosita amalga oshirishi natijasi ekani ta'kidlanadi. Prezidentning amaldagi vakolat muddatini 2021 yilgi Konstitutsiyaga muvofiq qisqartiradigan talqin «o‘yin qoidalari»ni avvalgi sana bilan o‘zgarishini tashkil qiladi, bu esa imkonsiz holatdir.

Muddatidan oldingi saylovlarga kelsak, Konstitutsiyaviy sud ularning faqat 2021 yilgi Konstitutsiyaning 72-moddasi 1-qismida batafsil sanab o‘tilgan asoslar bo‘yicha mumkin ekanini ta'kidlaydi: ariza bo‘yicha iste'foga chiqish, belgilangan tartibda lavozimidan chetlashtirish va prezidentning kasalligi yoki vafoti tufayli vakolatlarini amalga oshira olmaslik.

Yuqoridagilarga asoslanib, Konstitutsiyaviy sud Qirg‘izistonda keyingi prezidentlik saylovlari 2027 yil 24 yanvarda o‘tkazilishi haqida qaror chiqardi. Jogorku Kenesh (mamlakat parlamenti) saylovlarni saylov kunidan kamida to‘rt oy oldin, ya'ni 2026 yil 24 sentabrdan kechiktirmay belgilashi kerak.

ℹ️ Japarovning Konstitutsiyaviy sudga murojaati prezident va parlament spikeriga yangi prezidentlik saylovlarini kechiktirmasdan o‘tkazishni so‘rab yozilgan xat e'lon qilinganidan ikki kun o‘tgach yuborildi. Xatga sobiq Bosh vazirlar, akademiklar, parlamentning sobiq a'zolari va jamoat arboblaridan iborat 75 kishi imzo chekkan. Ularning fikricha, 2021 yili yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi eski qoidalar asosida saylangan amaldagi davlat rahbarining vakolat muddatiga nisbatan huquqiy noaniqlikni keltirib chiqaradi. Imzolovchilar muddatidan oldin saylovlar nizolar va noaniq talqinlarning oldini olishga yordam beradi, deb hisoblashadi.

O‘z navbatida, Sadir Japarov Konstitutsiyaviy suddan muntazam va muddatidan oldin prezidentlik saylovlarini o‘tkazish tartibi va muddatlariga oid Konstitutsiyaning bir nechta moddalarini rasman talqin qiliib berishini so‘radi.