Tojikistonning So‘g‘d viloyati Xo‘jand shahrida futbol akademiyasi majmuasi quriladi. Bu haqda Xo‘jand ma'muriyati rasmiy saytida xabar berildi.
Inshoot tamal toshini qo‘yish marosimida So‘g‘d viloyati va Xo‘jand rahbarlari, shuningdek, sport mulozimlari ishtirok etishdi.
Rejaga ko‘ra, Xo‘jand futbol akademiyasi majmuasi ma'muriy bino, ikkita katta va ikkita kichik futbol maydonchasi, yopiq arena, suzish havzasi va sport zalini o‘z ichiga oladi. Qurilish loyihasi shaharning kapital qurilish boshqarmasi tomonidan buyurtma qilinadi va Xo‘jand ma'muriyati loyihani moliyalashtiradi.
Shuni ta'kidlash lozim, bu shahar Tojikiston Premer-ligasida ikkita futbol klubi: «Xo‘jand» va «Esxata»ni taqdim etadi. Serbiyalik murabbiy Milan Milanovich yaqinda «Xo‘jand» bosh murabbiyi etib tayinlandi va jamoaga to‘rtta serbiyalik futbolchini olib keldi.



