Tojikiston xavfsizlik kuchlari tomonidan musodara qilingan narkotik moddalar hajmi bir yarim barobarga oshdi

asiaplustj.info sayti fotosurati

2025 yili Tojikiston-Afg‘oniston chegarasida musodara qilingan giyohvand moddalar hajmi burungi yilga nisbatan bir yarim barobarga oshib, 2742 kg ga yetdi. Bu haqda Tojikiston prezidenti huzuridagi Giyohvand moddаlarni nazorat qilish agentligi direktori Zafar Samad matbuot anjumanida ma'lum qildi, deb xabar beradi «Aziya-plyus».

2024 yili Afg‘oniston bilan chegarada 1824 kg giyohvand moddalar musodara qilingan. Shunday qilib, musodara bir tonnaga yoki 50,3% ga ko‘p deganidir.

2025 yili musodara qilingan umumiy giyohvand moddalarning 2566 kg chengaraning Xatlon viloyati hududiga to‘g‘ri kelgan. Yana 186 kg Tog‘li Badaxshon avtonom viloyati (TBAV) bilan chegarada qo‘lga olingan.

Agentlik rahbari shuningdek, afg‘on narkokontrabandachilari bilan qurolli to‘qnashuvlar keskin oshganini xabar qildi.

2025 yili davlat chegarasida 17 ta shunday hodisa sodir bo‘lgan, undan oldingi yili esa ularning soni oltita bo‘lgan.

«Tojikiston-Afg‘oniston chegarasida huquqni muhofaza qilish organlari va xavfsizlik kuchlari va afg‘on narkokontrabandachilari o‘rtasida 17 ta qurolli to‘qnashuvda bo‘lib o‘tdi. O‘n nafar afg‘on fuqarosi zararsizlantirildi», — dedi Zafar Samad. Taqqoslash uchun — 2024 yili uch nafar afg‘on kontrabandachisi yo‘q qilingan.

Samadning qo‘shimcha qilishicha, o‘tgan yili to‘qnashuvlarda Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining (MXDQ) ikki xodimi halok bo‘lgan.

Agentlik rahbari afg‘on tomoni bilan idoralararo hamkorlik yo‘qligini ta'kidlaydi.

«Afg‘onistonning vakolatli organlari bilan idoralararo hamkorlik yo‘q va hech qanday muzokaralar olib borilmagan», — dedi u. Samad shuningdek, «Afg‘onistondan Tojikiston orqali boshqa mamlakatlarga giyohvand moddalar kontrabandasi davom yetmoqda», deya ta'kidladi.

2025 yili Tojikiston huquqni muhofaza qilish va xavfsizlik idoralari 5280 kg giyohvand moddalarni musodara qilgan. Bu 2024 yilga nisbatan 899 kg yoki 21% ga ko‘p. Ulardan 253,4 kg psixotrop moddalar musodara qilindi — bu o‘tgan yilga nisbatan 142 kg ga ko‘p yoki deyarli ikki baravar ko‘p bo‘lgan. Ushbu miqdorning 247 kg yoki 97% metamfetamin bo‘lgan.

O‘tgan yili giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan 44 ta jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yilgan. Narkotiklarni nazorat qilish agentligi 180 kishiga nisbatan 132 ta jinoiy ishni tergov qilgan va ularni sudga yuborgan.

O‘tgan yili 22 nafar chet ellik Tojikistonga giyohvand moddalar olib kirgani uchun hibsga olingan. Ulardan 275 kg giyohvand moddalar musodara qilingan. Xususan, to‘qqiz nafar Afg‘oniston fuqarosidan 99 kg, sakkiz nafar o‘zbekistonlikdan 131 kg, to‘rt nafar qozog‘istonlikdan 44 kg va Moldova fuqarosidan 4 gramm giyohvand moddalar musodara qilingan. Ularga qanday berilgani haqida aniqlik kiritilmagan.

Bundan tashqari, 2025 yili 583 nafar tojikistonlik chet elda giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar uchun hibsga olingan va ulardan 208 kg giyohvand moddalar musodara qilingan.

Zafar Samadning so‘zlariga ko‘ra, «xavotirli vaziyatga qaramay, vaziyat huquqni muhofaza qilish organlari nazorati ostida». Matbuot anjumanidan so‘ng, agentlik xodimlari musodara qilingan giyohvand moddalarning taxminan 316 kg ni jurnalistlar ishtirokida yoqib yuborishdi.

▶️ Shu bilan birga, Tojikiston Ichki ishlar vazirligi (IIV) giyohvand moddalar savdosi va boshqa og‘ir jinoyatlarga aloqador shaxslar haqida xabar bergan fuqarolarni qimmatbaho sovg‘alar va naqd pul bilan mukofotlashga va'da berdi. Xabar beruvchilarga to‘liq maxfiylik kafolatlanadi.