Tojikiston aholisi endi Starlink sun'iy yo‘ldosh internetidan foydalanishi mumkin. Bu haqda SpaceX kosmik korporatsiyasi egasi Ilon Mask o‘zining X tarmog‘idagi rasmiy akkuantida xabar berdi.
«Yuqori tezlikda ishlaydigan Starlink interneti endi Tojikistonda mavjud!», — deyiladi xabarda.
Starlink internetining Standard tarifi oyiga 1100 somoni ($117,6). O‘rnatish uskunalari 2700 somonini ($288,6). (288,6 dollar) tashkil etadi.
Tojikiston hukumati aloqa xizmati 2025 yil oktyabrь oyida Starlink Tajikistan bilan litsenziyali shartnoma imzolagan.
ℹ️ Starlink — global sun'iy yo‘ldosh aloqa tizimi bo‘lib, dunyoning istalgan nuqtasidan yuqori tezlikdagi keng polosali internetga ulanishni ta'minlash uchun mo‘ljallangan. Tizim biznesmen Ilon Maskga tegishli bo‘lib, u Starlink tarmog‘ini boshqaruvchi yo‘ldoshlarni o‘zining SpaceX kompaniyasi raketalari yordamida Yer orbitasiga olib chiqadi. Tarmoq dunyo bo‘ylab 100 dan ortiq mamlakatlarda, jumladan, Shimoliy va Janubiy Amerikada, Yevropaning katta qismida, Avstraliyada, Yangi Zelandiyada, Afrikaning ayrim qismlarida va Osiyoda faoliyat yuritadi. Qozog‘iston Markaziy Osiyoda Starlink internetidan foydalanuvchi birinchi davlat bo‘ldi.



