Qirg‘izistonning «Toktogul» futbol klubi Gruziyaning so‘nggi yillardagi eng yaxshi futbolchilaridan biri sanalgan Solomon Kverkveliya bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda Kyrgyz Football telegramm-kanali xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchi va klub o‘rtasidagi shartnoma ikki yilga mo‘ljallangan va tez orada imzolanadi.
33 yoshli Solomon Kverkveliya Qirg‘iziston tarixidagi eng ko‘p sovrin olgan futbolchiga aylanadi. Himoyachi Moskvaning «Lokomotiv» jamoasi bilan chempionlikni, ikkita Rossiya kubogini va bitta Rossiya superkubogini qo‘lga kiritgan va Qozonning «Rubin» jamoasi bilan Rossiya kubogini qo‘lga kiritgan. U ikki marta, 2014 va 2017 yillarda Gruziyaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Shuningdek, u milliy terma jamoa bilan Yevro-2024 ga ham borgan.
Bundan tashqari, Kverkveliya Qirg‘iziston futboli tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylanadi — 2019 yili u 10 million yevroga baholangan edi. Uning hozirgi qiymati 250 ming yevro.
Solomon Kverkveliya allaqachon katta miqdorda bagaji bilan Bishkekka yetib kelgan. Ko‘rinishidan, shartnoma imzolash jarayoni yakuniy bosqichda.
«Toxtogul» futbol klubi birinchi marta Qirg‘iziston oliy divizioni — Jogorku Ligasida o‘ynaydi. Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, ilgari «Muras Yunayted»da ishlagan ukrainalik mutaxassis Sergey Puchkov klubga bosh murabbiy etib tayinlangan.



