Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston 2031 yilgi Osiyo Kubogi uchun arizalarini qaytarib olishi mumkin

Osiyo Kubogi. akipress.org sayti fotosurati

Vaziyatdan xabardor manbaning «Farg‘ona» nashriga ma’lum qilishicha, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonning 2031 yilgi Osiyo Kubogini o‘tkazish bo‘yicha bergan qo‘shma arizasi rad etilishi ehtimoli juda yuqori.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, «Markaziy Osiyoning ariza bergan barcha mamlakati ham OFK va FIFA talablariga javob beradigan infratuzilmaning yo‘qligi sababli bunday yuqori darajadagi turnirni o‘tkazishga tayyor emas». Arizaning qanday qilib bekor qilinishi hozircha noma’lum. Yoki mamlakatlarning o‘zlari arizalarini qaytarib olishadi yoki boshqa ariza beruvchi g‘alaba qozonadi.

2031 yilgi Osiyo Kubogini o‘tkazishga Markaziy Osiyo respublikalaridan tashqari Avstraliya, Hindiston, Indoneziya, Quvayt va Janubiy Koreya davogarlik qilmoqda. Darvoqe, Avstraliya 2015 yili turnirga mezbonlik qilgan va Indoneziya 2007 yilda Osiyo Kubogini o‘tkazgan to‘rtta davlatdan biri bo‘lgan. Hindistonda futbol rivojlanmagan va bu mamlakatda zarur infratuzilmalarning mavjudligi savol ostida. Janubiy Koreya ham Osiyo Kubogini o‘tkazgan, ammo bu ancha oldin bo‘lgan. Biroq, Sharqiy Osiyoda turnirlar 2004 va 2007 yillari (Xitoyda va birgalikda Vetnam/Malayziya/Indoneziya/Tailandda) o‘tkazilgan.

Shunday qilib, 1980 yili Osiyo Kubogiga mezbonlik qilgan Quvayt hozirda eng katta ehtimol bilan arizachilar orasida g‘olib bo‘lishi mumkin. Qizig‘i shundaki, avvalgi Osiyo Kubogi BAA va Qatarda bo‘lib o‘tgan, keyingi turnir esa 2027 yili Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.