Rossiyaning S7 Airlines aviakompaniyasi yangi Novosibirsk-Ashxobod-Novosibirsk yo‘nalishi bo‘yicha chiptalar savdosini boshladi. Bu haqda aviakompaniyaning rasmiy saytida e’lon qilindi.
Reyslar 2026 yil 31 martdan boshlab haftada seshanba kunlari amalga oshiriladi.
Novosibirskdagi Tolmachevo aeroportidan to‘g‘ridan to‘g‘ri reys soat 00:55 da jo‘nab ketadi va Ashxobodga mahalliy vaqt bilan soat 03:00 da yetib keladi. Parvoz vaqti 4 soat 5 daqiqani tashkil etadi.
Ashxoboddan Novosibirskka qaytish reysi ham seshanba kunlari amalga oshiriladi. Jo‘nash soat 04:30 da, qo‘nish soat 10:15 da rejalashtirilgan. Parvoz vaqti 3 soat 45 daqiqan iborat bo‘ladi.
Reyslar Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Novosibirskdan Ashxobodga chiptalar narxi 14 300 rubldan (181 dollar), Ashxoboddan Novosibirskka esa 25 000 rubldan (316 dollar) boshlanadi.
Novosibirsk Turkmaniston bilan muntazam reyslar orqali bog‘langan uchinchi Rossiya shahriga aylanadi. S7 Airlines Moskva va Ashxobod o‘rtasida muntazam reyslarni amalga oshiradi. Turkmaniston havo yo‘llari Ashxoboddan Qozonga parvoz qiladi. Milliy aviakompaniya ilgari Moskvaga reyslarni amalga oshirgan, ammo keyinchalik ularni to‘xtatib qo‘ygan.



