Tashiyev jamoasi Qirg‘iziston chempionatining eng yaxshi o‘yinchilari bilan shartnoma imzoladi

Erbol Atabayev va Richard Romario. QPL matbuot xizmati fotosurati

Qirg‘iziston futbol chempionatida ikkinchi o‘rinni egallagan «Muras Yunayted» Qirg‘iziston Premer-ligasining eng yaxshi to‘purari braziliyalik Richard Romario va chempionatning eng yaxshi futbolchisi Erbol Atabayev bilan shartnoma imzoladi.

«Muras Yunayted» kelgusi mavsumga va kelasi yilning mart oyida Livanning «Al-Ansar» jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan OFK Chaqiruv ligasi pley-off o‘yinlariga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Klubning maqsadi turnirda g‘alaba qozonib, Qirg‘izistonning OFK Chempionlar ligasi 2-turida birinchi o‘rinni egallashdir.

Richard Romario o‘tgan mavsumda O‘shMU safida o‘ynadi va u yerda haqiqiy yetakchiga aylandi. U 19 ta gol urdi va jamoa chempionatda rekord darajadagi oltinchi o‘rinni egalladi. Shuni ta’kidlash lozim, Qirg‘izistonga ko‘chib o‘tishdan oldin futbolchi deyarli noma’lum edi, Braziliyaning quyi ligalarida o‘ynagan va Transfermarkt tomonidan baholanmagan. Futbolchining hozirgi qiymati 400 000 yevroni tashkil qiladi.

Erbol Atabayev o‘tgan mavsumni «Abdish-Ata» safida o‘tkazgan. Jamoa bronza medalini qo‘lga kiritgan va Erbol 16 ta golli uzatmani amalga oshirib, QPLning eng yaxshi golli uzatma beruvchisiga aylangan. Atabayev ilgari Rossiya chempionatida o‘ynagan, ammo kutilmaganda Maxachkalaning «Dinamo»sini tark etib, o‘z vataniga qaytgan. Ba’zi rossiyalik mutaxassislar Erbolning faoliyati muvaffaqiyatsiz bo‘lishini bashorat qilishgan, ammo u taslim bo‘lmadi va o‘z vatanidagi eng yaxshi futbolchilardan biriga aylandi.

Shuni ta’kidlash lozim, «Muras Yunayted» 2023 yili Manas (sobiq Jalolobod) shahrida Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Kamchibek Tashiyev homiyligida tashkil etilgan. Klub ikki marta Qirg‘iziston kubogini qo‘lga kiritdi.