KazTAG axborot agentligi bosh muharriri Ostonada hibsga olindi

Amir Kasenov. Ijtimoiy tarmoqdagi fotosurat

KazTAG axborot agentligi bosh muharriri Amir Kasenov Ostonada hibsga olindi. Bu haqda shahar politsiya boshqarmasi ma’lum qildi, deb xabar beradi Forbes.kz.

Kasenov hozirda vaqtinchalik hibsxonada. U qasddan yolg‘on ma’lumot tarqatish bo‘yicha tergov doirasida hibsga olingan. Politsiya boshqa tafsilotlarini oshkor qilmagan.

KazTAG bosh direktori Asset Matayev 23 dekabr kuni o‘zining Telegram kanalida Amir Kasenovning hibsga olingani haqida birinchi bo‘lib xabar berdi. Matayevning so‘zlariga ko‘ra, bosh muharrir Ostonadagi Yesil tumani ichki ishlar boshqarmasida bo‘lib o‘tgan tergov yig‘ilishiga taklif qilingan, shundan so‘ng jurnalist advokatlari uning hibsga olinganini ma’lum qilishgan. Kasenov bu ishlarni «huquqiy bezorilik» deb atagan.

KazTAG rahbariyatiga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilgani dekabr oyining boshida ma’lum bo‘ldi. Agentlik bosh direktori Aset Matayev va bosh muharrir Amir Kassenov Freedom Finance kompaniyasi tomonidan berilgan shikoyat asosida gumondor deb topilgan. Ayblovlar agentlikning kompaniya rahbariyati firibgarlik sxemalari haqidagi nashrlari bilan bog‘liq bo‘lgan.

KazTAG jinoiy ish «qo‘rqitish maqsadida» qo‘zg‘atilgan deb hisoblaydi. Tahririyatga ko‘ra, bu ishga prezident administratsiyasi a’zolari va «eski Qozog‘iston» vakillari aloqador.