Pokiston «Tolibon»* harakati 11 noyabr kuni Islomoboddagi Oliy sud yaqinida sodir bo‘lgan hujumga aloqadorligini tasdiqladi. Xudkush terrorchi portlovchi moslamani portlatishi oqibatida 12 kishi o‘ldi va 27 kishi yaralandi, deb xabar beradi Business Recorder nashri.
Radikal guruh vakillari shariat qonunlarini buzgan holda qaror chiqarayotgan sudyalar, advokatlar va amaldorlarga hujum qilish niyatida ekanliklarini aytishgan. Toliblar Pokiston rasmiylariga mamlakatda shariat qonunlari hukmronligi o‘rnatilmagunga terrorchilik hujumlari davom etishi bilan tahdid qilishgan.
Nashr sud binosi yaqinidagi hujum noodatiy hodisa bo‘lganini ta’kidlaydi, chunki jangarilar poytaxtda bunday jinoyatlarni kamdan-kam hollarda sodir etadilar.
Eslatib o‘tamiz, 11 noyabr kuni Islomoboddagi Oliy sud binosi oldida portlash sodir bo‘ldi va u yaqin atrofdagi odamlar orasida vahima qo‘zg‘atdi. Pokiston Ichki ishlar vazirligi portlovchi moslamani o‘sha paytda politsiya mashinasi yonida turgan xudkush terrorchi ishga tushirganini aniqladi.
Voqeadan so‘ng darhol mamlakatning yuqori lavozimli mulozimlari va rahbarlari hujumni sodir etganlar haqida bir qator nazariyalarni ilgari surishdi. Xususan, Bosh vazir Shehboz Sharif teraktga Pokiston toliblari aloqador ekaniga doir versiyani igari surdi.
Shu bilan birga, ko‘plab siyosatchilar hujumda «Tolibon»* boshchiligidagi qo‘shni Afg‘onistonni aybladilar. Islomobod bir necha bor Kobul terrorchilarga har tomonlama yordam berayotgani va o‘z hududidan ushbu radikal harakatning Pokiston qanoti jangarilariga joy berganini da’vo qilgan. Biroq, Afg‘oniston hukumati bu ayblovlarni rad etib kelgan.
*Ko‘pgina mamlakatlarda terrorchi sifatida tan olingan va taqiqlangan tashkilot.



